iDonateiDonate
Bosh sahifa Kirish

Ommaviy oferta

Tashkilot: “CODO IT” MChJ

Platforma: https://idonate.uz

So‘nggi yangilanish: 2026-04-01

Публичная оферта

Организация: ООО «CODO IT»

Платформа: https://idonate.uz

Последнее обновление: 2026-04-01

Public Offer

Organization: “CODO IT” LLC

Platform: https://idonate.uz

Last updated: 2026-04-01

“CODO IT” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli https://idonate.uz platformasining

XIZMAT KO‘RSATISH SHARTLARI

1. Ushbu xizmat shartlari Siz va Ta’minotchi - “CODO IT” Mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘rtasida Ta’minotchining https://idonate.uz veb-saytiga kirish va undan foydalanishni tartibga soluvchi qonuniy kuchga ega ommaviy oferta shartnomasi hisoblanadi.

2. “CODO IT” Mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli https://idonate.uz veb-sayti bundan keyingi o‘rinlarda ID platformasi deb ataladi.

3. Ommaviy oferta shartnomasini diqqat bilan o‘qing. Ro‘yxatdan o‘tish, kirish, ma’lumotni ko‘rish, materiallarni yuklash yoki platformadan foydalanish orqali siz bu shartnomani o‘qib tushunganingizni va shartnoma shartlarini qabul qilganlingizni anglatadi.

4. Agar sizga siz yashab turgan davlat qonunlari bilan platformadan foydalanish ta’qiqlangan bo‘lsa yoki boshqa qonuniy cheklovlar bo‘lsa, sizning undan foydalanishga huquqingiz yo‘q. Bu kabi holatlarda yuzaga keladigan har qanday holat uchun javobgarlikni o‘z zimmangizga olasiz.

5. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367-moddasiga ko‘ra, bir yoki bir necha muayyan shaxsga yuborilgan, yetarli darajada aniq bo‘lgan va taklifni kiritgan shaxsning o‘zini taklif yo‘llangan va uni qabul qiladigan shaxs bilan shartnoma tuzgan deb hisoblash niyatini ifoda etadigan taklif oferta hisoblanadi.

6. Ushbu shartnoma Ta’minotchining har qanday Foydalanuvchiga quyidagi shartlar asosida shartnoma tuzish bo‘yicha rasmiy taklifi (ommaviy oferta) hisoblanadi. Ushbu rasmiy taklif O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367-moddasiga ko‘ra, ofertadir.

1. ATAMALAR VA TAVSIFLAR

1.1. Ushbu ofertada, agar uning matnidan boshqacha ma’no to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelib chiqmasa, quyidagi so‘zlar va iboralar ko‘rsatilgan ma’nolarga ega bo‘ladi:

1.2. Ta’minotchi – https://idonate.uz platformasi orqali xizmatlarni taqdim qiladigan hamda jismoniy shaxslardan, shu jumladan foydalanuvchilaridan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun pul mablag‘larini oladigan yuridik shaxs - “CODO IT” Mas’uliyati cheklangan jamiyati.

1.3. Streamer – mazkur Oferta shartlarini aktseptlash orqali Shartnoma tuzishga yo‘naltirilgan harakatlarni amalga oshirgan yuridik yoki jismoniy shaxs.

1.4. Foydalanuvchi - Streamerning internetda eʼlon qilingan real vaqtda video kontentini koʻruvchi va u bilan muloqot qiluvchi shaxs(lar).

1.5. Operator – Foydalanuvchi tomonidan qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan To‘lovlar/O‘tkazmalar va boshqa operatsiyalar amalga oshirilishida texnik va axborot hamkorligini ta’minlaydigan texnik-dasturiy va tashkiliy-huquqiy vositalar majmuiga ega bo‘lgan https://idonate.uz platformasi.

1.6. To‘lov kartasi / Karta – karta egasi tomonidan uning hisobvarag‘idagi pul mablag‘lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan elektron to‘lov vositasi bo‘lgan naqd pulsiz hisob-kitoblar vositasi.

1.7. Xizmatlar – Ta’minotchi tomonidan uning Streamer/Foydalanuvchiga tegishli shartnoma asosida bajariladigan ishlar, ko‘rsatiladigan xizmatlar.

1.8. To‘lov – Foydalanuvchi tomonidan Streamer uchun Ta’minotchi foydasiga to‘lanadigan naqd pulsiz mablag‘lar.

1.9. O‘tkazma – Foydalanuvchi topshirig‘i asosida bir karta hisobvarag‘idan boshqa karta hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan naqd pulsiz mablag‘lar.

1.10. Agar Ta’minotchi ushbu ommaviy ofertaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsa yoki yangidan ommaviy oferta e’lon qilsa, yuqorida keltirilgan atamalarda o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.

2. XIZMAT KO‘RSATISH DOIRASI

2.1. ID platformasi onlayn platforma boʻlib, u roʻyxatdan oʻtgan Streamerlarga internetda Streamer tomonidan eʼlon qilingan real vaqtda video kontentini koʻruvchi boshqa foydalanuvchilar bilan muloqot qilish maqsadida oʻzining mavjud funksiyalaridan foydalanish imkonini beradi.

2.2. Bunda ID platformasi foydalanuvchi tomonidan Streamerni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sovg‘a sifatida mablag‘ olish imkonini beradi.

2.3. ID platformasi foydalanuvchi yoki Streamer kontentiga egalik qilmaydi, uni yaratmaydi, sotmaydi, nazorat qilmaydi, boshqarmaydi.

2.4. Foydalanuvchi va Streamerlar o‘rtasidagi har qanday munosabatlarda Streamerlar o‘zlarining Streamer kontenti uchun javobgardirlar va foydalanuvchilar o‘zlarining harakatlari uchun mustaqil ravishda javobgardirlar,

2.5. Ta’minotchi har qanday holatda ham Foydalanuvchi va Streamer uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

2.6. Ta’minotchi har qanday Streamer yoki Foydalanuvchi kontentining mavjudligi, sifati, xavfsizligi, muvofiqligi yoki qonuniyligini nazorat qilmaydi va kafolatlamaydi.

2.7. Ta’minotchi har qanday Streamer yoki Streamer kontentini yoki foydalanuvchi kontentini tasdiqlamaydi. Foydalanuvchilar bilan muloqot qilish yoki har qanday munosabatlarga kirishish haqida qaror qabul qilishda Streamer doimo ehtiyotkorlik bilan harakat qilishi kerak.

2.8. Agar siz ID platformasidan foydalanishni tanlasangiz, Ta’minotchi bilan munosabatlaringiz biron-bir sababga ko‘ra hamkorlik emas, faqat o‘zingizning nomingizdan va hisobingizdan faoliyat yuritasiz.

2.9. Ta’minotchi o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan har qanday holatda ham ID platformasining uzluksiz ishlashini va mavjudligini kafolatlamaydi. Ta’minotchi ID platformasida zaruratga ko‘ra mustaqil cheklovlar o‘rnatishi mumkin.

2.10. Ta’minotchi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etish majburiyatini oladi.

3. ID PLATFORMASIDAN FOYDALANISH

3.1. Ta’minotchi ID platformasiga kirish va foydalanishga ma’lum shartlar yoki talablarga muvofiq imkoniyat yaratishi mumkin.

3.2. Internetda foydalanuvchini tekshirish qiyin va Ta’minotchi har qanday Streamer yoki foydalanuvchining shaxsini tasdiqlash uchun hech qanday javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

3.3. Yuqorida aytilganlarga qaramasdan, qonun buzilishining oldini olish maqsadida hamda amaldagi qonunlarga muvofiq, Ta’minotchi Streamerlar yoki Foydalanuvchilardan shaxsini tasdiqlovchi yoki boshqa maʼlumotlarni taqdim etishni soʻrashi yoki yordam berish uchun qoʻshimcha tekshiruvlar oʻtkazishi mumkin, lekin bu uning ixtiyoriga bog‘liq.

3.4. Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida faqatgina o‘zingizga tegishli shaxsiy telefon raqam, elektron pochta va ijtimoiy tarmoq kanali ma’lumotlarini kiritishingiz kerak.

3.5. Ro‘yxatdan o‘tish SMS kod orqali tasdiqlanadi, jumladan, parolni tiklash va tokenni o‘zgartirish ham.

3.6. Elektron pochta yoki telefon raqam orqali keladigan SMS kodlar boshqa shaxslarga berilishi mumkin emas.

3.7. ID platformasi jonli efir paytida Streamerga pulli xabar yuboradi.

3.8. ID platformasida Srteamer tomonidan pulli xabarlarni kuzatish uchun xabarlar bo‘limi ham mavjud.

3.9. Jonli efir uchun ikkita havola beriladi. Ulardan biri OBS (stream dasturi uchun) va u token bilan berkitilgan va faqat Streamerda mavjud bo‘ladi. Ikkinchisi pulli xabar yuborishlari uchun foydalanuvchilarga beriladigan token va u oshkor (barchaga ma’lum) bo‘ladi.

3.10. Ta’minotchi ID platformasiga kirish va foydalanishga ma’lum shartlar yoki talablarga muvofiq imkoniyat yaratishda O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga rioya etish majburiyatini oladi.

4. TA’MINOTCHINI MABLAG‘ (KEYINGI O‘RINLARDA XAYRIYA) YIG‘ISH BO‘YICHA TIJORAT AGENTI ETIB TAYINLASH. AGENTLIK SHARTNOMASI

4.1. ID platformasi orqali foydalanuvchilar xayriyalarini yig‘uvchi Streamer shu bilan Ta’minotchini foydalanuvchilardan xayriyalarni yig‘ish va Streamerga o‘tkazish maqsadida vositachi sifatida harakat qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar va vakolatlarga ega bo‘lgan tijorat yig‘ish agenti sifatida tayinlaydi (Agentlik shartnomasi).

4.2. Ushbu Agentlik shartnomasi nomuayyan muddatga tuziladi.

4.3. Streamer va Ta’minotchi bir-biriga nisbatan vijdonan harakat qilish majburiyatini oladi.

4.4. Xizmatlar uchun Ta’minotchi https://idonate.uz/terms-of-service/payments sahifasida joylashgan To‘lov shartlarida batafsil ko‘rsatilgan. Ta’minotchi Streamerdan agentlik to‘lovini oladi. To‘lov shartlari ushbu Agentlik shartnomasining ajralmas qismi hisoblanadi.

4.5. Streamer Ta’minotchiga to‘lashi shart bo‘lgan Agent to‘lovini to‘lash uchun javobgardir. Agar ID platformasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, Agent to‘lovlari qaytarilmaydi.

4.6. Ta’minotchining so‘roviga ko‘ra, Streamer Ta’minotchiga Agentlik shartnomasini bajarish uchun zarur bo‘lgan Agentlik mukofoti miqdorini tekshirish uchun so‘ralgan ma’lumotlarni taqdim etish majburiyatini oladi. Ta’minotchining maxfiylik siyosati Streamer tomonidan Ta’minotchiga ushbu Agentlik shartnomasi bilan bog‘liq ravishda taqdim etilgan har qanday shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan qo‘llaniladi.

4.7. Streamer Ta’minotchining Streamerga har qanday xayriyalarni o‘tkazish majburiyati foydalanuvchilardan tegishli xayriyalarning muvaffaqiyatli qabul qilinishidan kelib chiqishi va unga bog‘liqligini tushunadi.

4.8. Ta’minotchi Streamerlarga faqat to‘lov shartlariga muvofiq Streamer tomonidan Foydalanuvchilardan muvaffaqiyatli olingan summalarni o‘tkazishni kafolatlaydi.

4.9. Ta’minotchi istalgan vaqtda Agentlik to‘lovini o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

4.10. Ta’minotchi yoki Streamer istalgan vaqtda yozma xabarnoma orqali Agentlik shartnomasini bekor qilishi mumkin.

4.11. Har qanday holatda Ta’minotchi uchinchi shaxslar (ushbu Agentlik shartnomasining taraflari bo‘lmagan har qanday shaxslar) oldida Streamerning harakatlari yoki harakatsizligi oqibatida kelib chiqqan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bilvosita yoki tasodifiy zararlar uchun javobgar bo‘lmaydi.

4.12. Ushbu Agentlik shartnomasi shartlari o‘rtasida har qanday ziddiyat yoki nomuvofiqlik yuzaga kelgan taqdirda, ushbu Agentlik shartnomasi shartlari qoidalari qo‘llaniladi.

5. STREAMER MAJBURIYATLARI VA HISOBI

5.1. Streamer uchun moʻljallangan ID platformasining tegishli funksiyalariga kirish va undan foydalanish uchun hisob qaydnomasi (“Hisob”) uchun roʻyxatdan oʻtishingiz kerak.

5.2. Hisob qaydnomasini ochish uchun sizdan Operatorga hisob nomi va parol yoki boshqa ma’lumotlar kabi ma’lum ma’lumotlarni taqdim etishingiz so‘raladi.

5.3. Ta’minotchi oqilona xavfsizlik choralarini ko‘rsa-da, hisobingiz va parolingiz maxfiyligini saqlash, kompyuteringizga kirishni cheklash va hisobingiz yoki parolingiz ostida sodir bo‘ladigan barcha harakatlar uchun faqat siz javobgarsiz.

5.4. Roʻyxatdan oʻtganingizdan soʻng va boshqa har qanday vaqtda Ta’minotchiga oʻzingizning imkoningiz boricha toʻgʻri, aniq, dolzarb va toʻliq maʼlumotlarni taqdim etganingizga ishonch hosil qiling.

5.5. Agar sizning hisobingiz endi xavfsiz emasligiga ishonchingiz komil bo‘lsa (masalan, hisobingiz, parolingiz yoki har qanday kredit, debet yoki to‘lov kartangiz raqami yo‘qolgan, o‘g‘irlangan yoki ruxsatsiz oshkor qilingan yoki foydalanilgan taqdirda), u holda siz Bu haqda Ta’minotchiga zudlik bilan xabar berishingiz kerak: https://idonate.uz/help/support. Shu sababli parolingiz murakkab bo‘lishiga e’tibor qarating.

5.6. Agar Ta’minotchi sizga ruxsat bermasa, siz 1 tadan ortiq hisob qaydnomasini ro‘yxatdan o‘tkaza olmaysiz. Hisobingizni boshqa shaxsga bera olmaysiz yoki boshqa yo‘l bilan o‘tkaza olmaysiz.

5.7. Streamer ID platformasiga kirish orqali o‘zining shaxsiy ma’lumotlarni boshqalarga oshkor qilmasligi shart.

5.8. Ta’minotchi tomonidan taqdim etilgan har bir akkaunt uchun berilgan tokenni va havolalarni boshqalarga oshkor qilmaslik hamda ishonchli bo‘lmagan Stream (jonli efir) uchun ishlatiladigan dasturlarga yuklamaslik.

5.9. ID platformasidan stream (jonli efir)lardagi pullik xabarlardan tashqari boshqa har qanday maqsadlarda foydalanish mumkin emas. Bu holatda javobgarlik Ta’minotchi zimmasida bo‘lmaydi.

5.10. Foydalanuvchilardan donat (pulli xabar) yuborishni talab qilish mumkin emas. Bu holatda javobgarlik Ta’minotchi zimmasida bo‘lmaydi.

5.11. Donat (pulli xabar) yuboruvchi foydalanuvchi ma’lumotlari (FISH, telefon raqami, karta raqam va h.k) hech kimga taqdim etilmaydi.

5.12. Agar siz YouTube API orqali ID platformasiga kirsangiz, YouTube Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosatiga rozilik bildirganingizni va har doim ularga bog‘liq bo‘lishingizni tan olasiz.

6. PUL YECHISH TARTIBI

6.1. Foydalanuvchi pul yechish bo‘limiga Uzcard yoki Humo turdagi plastik kartaning 16 ta raqamini kiritadi va boshqa ma’lumot so‘ralmaydi. Plastik karta raqami egasining ismini yuborish ixtiyoriy.

6.2. Plastik karta raqam yuborishda xatoga yo‘l qo‘yilsa, agar bunday karta mavjud bo‘lmasa pul qaytariladi biroq bunday karta mavjud bo‘lsa qaytarilmaydi va bunga Ta’minotchi javobgar bo‘lmaydi.

6.3. Pullar so‘rov yuborilgandan so‘ng bir ish kuni ichida o‘tkazib beriladi.

6.4. Ushbu holatda ham O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga rioya etish majburiy hisoblanadi.

7. KONTENT

7.1. Siz Ta’minotchi ID Platformasi orqali taqdim etadigan har qanday kontent, shu jumladan har qanday savdo belgilari, logotiplar yoki har qanday xizmat nomlari va barcha tegishli intellektual mulk huquqlarini tan olasiz va rozilik bildirasiz.

7.2. Ta’minotchiga tegishli bo‘lgan har qanday ma’lumotlardan Ta’minotchining oldindan yozma roziligisiz to‘liq yoki qisman nusxalanishi yoki ishlatilishi mumkin emas.

7.3. Streamer kontenti va foydalanuvchi kontenti bundan keyin birgalikda “Kontent” deb yuritiladi. Kontentingiz va uni joylashtirish oqibatlari uchun faqat o‘zingiz javobgarsiz.

7.4. Kontentingizni yuklash/joylashtirish/ orqali siz quyidagilarni tasdiqlaysiz va kafolatlaysiz: (1) siz Kontentning yaratuvchisi va egasisiz yoki ushbu Shartnoma bo‘yicha yetarli huquq va vakolatlarga egasiz; (2) Sizning Kontentingiz: (a) amaldagi qonunchilik talablariga zid kelmasligi; (b) har qanday uchinchi tarafning huquqlarini, shu jumladan mualliflik huquqi, savdo belgisi, patent, tijorat siri, ishchanlik obro‘si, shaxsiy daxlsizlik huquqini buzmasligi yoki o‘zlashtirmasligi; (c) har qanday shaxsni haqorat qilish, tuhmat qilish yoki yolg‘on axborotga ega bo‘lmasligi; (d) zo‘ravonlik, o‘qotar qurol yoki noqonuniy buyumlar qo‘llashni targ‘ib qilmaligi; (e) qimor, pornografik yoki shahvoniy harakatlar bilan bog‘liq bo‘lmasligi shart. (3) Kontentingizda: (f) viruslar, reklama dasturlari, josuslik dasturlari, yoki boshqa zararli kodlar mavjud bo‘lmasligi shart. (4) agar siz oldindan yozma ruxsat olmagan bo‘lsangiz, Kontentingizda Ta’minotchiga oid har qanday ma’lumotlarni oshkor qilmasligingiz shart. Ushbu qoidalarga amal qilamagan Streamerlarga qarshi Ta’minotchi barcha huquq va himoya vositalarini o‘zida saqlab qoladi.

7.5. Har qanday Kontent to‘liq yoki qisman mualliflik huquqi, savdo belgisi va/yoki tegishli davlatning boshqa qonunlari bilan himoyalangan bo‘lishi mumkin.

7.6. Siz har qanday Kontent, jumladan, u bilan bog‘liq barcha intellektual mulk huquqlari tegishli egalarining mutlaq mulki ekanligini tan olasiz va rozilik bildirasiz.

7.7. Siz ID platformasi Kontenti yoki har qanday Kontentga kiritilgan yoki unga hamroh bo‘lgan mualliflik huquqi, savdo belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi yoki boshqa mulkiy huquqlar haqidagi eslatmalarni olib tashlamaslik, o‘zgartirmaslik yoki yashirmaslikka rozilik bildirasiz.

7.8. Agar siz maʼlum bir Kontentning qonuniy egasi boʻlmasangiz, ID platformasi kontentidan foydalanmaysiz, nusxa koʻchirmaysiz, moslashtirmaysiz, oʻzgartirmaysiz, hosilaviy asarlarni tayyorlamaysiz, tarqatmaysiz, litsenziyalamaysiz, sotmaysiz, oʻtkazmaysiz, ommaviy namoyish etmaysiz, ommaviy ijro etmaysiz, uzatmaysiz, efirga uzatmaysiz yoki boshqacha tarzda foydalanmaysiz.

7.9. Siz o‘z faoliyatingizda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi hamda “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga rioya etishga majbur hisoblanasiz.

8. KONTENT UCHUN JAVOBGARLIKNI CHEKLASH

8.1. Ta’minotchi siz yoki uchinchi taraf tomonidan joylashtirilgan, saqlangan yoki yuklangan har qanday Kontent yoki ular bilan bog‘liq har qanday yo‘qotish yoki zarar uchun hech qanday javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

8.2. Ta’minotchi siz tomoningizdan amalga oshirilgan xato va kamchiliklar, tuhmat qiluvchi bayonotlar, haqoratlar uchun javobgar emas.

8.3. ID platformasidan foydalanish orqali siz barcha xavf-xatarni o‘z zimmangizga olasiz.

8.4. Ta’minotchi har qanday Kontentni yoki unda keltirilgan xulosa, tavsiya yoki maslahatni ma’qullamaydi va Ta’minotchi Kontent bilan bog‘liq har qanday javobgarlikni ochiqchasiga rad etadi.

8.5. ID platformasida joylashtirgan yoki saqlagan har qanday Kontent uchun siz javobgarsiz.

8.6. Yuqorida keltirilgan shartlar yoki ulardan biri buzilish ID platformadan foydalanish huquqingizni bekor bo‘lishiga yoki to‘xtatib turishga olib kelishi mumkin.

8.7. Ta’minotchi istalgan vaqtda ushbu Foydalanish shartlari buzilganligini bilsa yoki buzilganligini taxmin qilinsa, har qanday foydalanuvchi kontentini olib tashlash yoki bloklash huquqini o‘zida saqlab qoladi.

9. ODOB-AXLOQ QOIDALARI

9.1. ID platformasidan foydalanish jarayoninda qonunchilikka rioya etishingiz va vujudga kelgan yoki vujudga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday javobgarlik sizning zimmangizda bo‘ladi.

9.2. ID platformasidan foydalanishingiz munosabati bilan sizga quyidagilarga ruxsat berilmaydi: - ID platformasida mavjud kontentni tarqatish yoki olish hamda ID platformasiga kirishdan boshqa har qanday maqsadda foydalanish; - ID platfromasidan foydalanish huquqingizni boshqa shaxsga o‘tkazish; - ruxsatsiz boshqalarning ID platformasi hisoblariga kirish, boshqalarning imzolarini soxtalashtirish, ID platformasi orqali uzatiladigan ma’lumotlarning manbasini, mansubligini yoki mazmunini noto‘g‘ri ko‘rsatish yoki boshqa shunga o‘xshash firibgarlik faoliyati bilan shug‘ullanish; - mualliflik huquqi yoki boshqa mulkiy huquqlar to‘g‘risidagi bildirishnomalarni ID platformasi kontentidan olib tashlash; - ID platformasining boshqa Streamer yoki foydalanuvchilariga nomaqbul takliflar, reklamalar, soʻrovlar yoki spam joʻnatish, shu jumladan, axborot xabarlari, pul xayriya soʻrovlari yoki yuqorida ko‘rsatilgan boshqa materiallar bilan bog‘liq (masalan, lotereyalar va musobaqalar), shuningdek boshqa shunga o‘xshash faoliyatni amalga oshirish; - ID platformasining boshqa Streamer yoki foydalanuvchilarini obro‘sizlantirish, tahdid qilish yoki aldash, ularning shaxsiy ma’lumotlarini, jumladan, elektron pochta manzillarini yoki boshqa aloqa ma’lumotlarini yig‘ish; - ID Platformasining xavfsizlik shartlariga har qanday holatda Zarar yetkazish (buzib kirish, kodlash va hk); - ID platformasidan boshqa Streamer va foydalanuvchilarning ID platformasidan toʻliq foydalanishiga xalaqit beradigan, salbiy taʼsir koʻrsatadigan yoki toʻxtatib qoʻyadigan yoki ID platformasining ishlashiga biron-bir tarzda zarar yetkazishi, oʻchirib qoʻyishi, toʻsqinlik qilishi yoki ishlashiga putur yetkazishi mumkin boʻlgan har qanday usulda foydalanish.

10. SHARTNOMA SHARTLARGA O‘ZGARTIRISHLAR

10.1. Ta’minotchi istalgan vaqtda ushbu Shartnomaga o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega.

10.2. Agar Ta’minotchi ushbu shartnomaga o‘zgartirishlar kiritsa, biz sizga veb-sahifada bildirishnoma joylashtirish yoki yuqorida oxirgi yangilangan sanani ko‘rsatish orqali sizga bunday o‘zgarishlar haqida xabar beramiz.

10.3. Iltimos, bunday o‘zgarishlar uchun ushbu shartlar va tegishli hujjatlarni vaqti-vaqti bilan tekshiring.

10.4. O‘zgartirishlar e’lon qilingandan keyin ID platformasidan foydalanishda davom etishingiz bunday o‘zgarishlarni qabul qilganingizni anglatadi.

10.5. Shartnomaning joriy versiyasi quyidagi manzilda mavjud: https://idonate.uz/terms-of-service.

10.6. Ta’minotchi istalgan vaqtda ushbu Shartnomaga o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar kiritishda O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etish majburiyatini oladi.

11. BOSHQA QOIDALAR

11.1. Huquq va majburiyatlardan voz kechishga yo‘l qo‘yilmasligi. Siz yoki biz (Ta’minotchi) ushbu Shartnomaning biron bir shart yoki qoidalarini amalga oshirmasligimiz huquq yoki majburiyatimizdan voz kechishni anglatmaydi. Ushbu Shartnomaning biron bir qoidasidan voz kechish, agar tegishli taraf tomonidan imzolanmagan va yozma shaklda bo‘lmasa kuchga kirmaydi.

11.2. Shartnomaning kuchi. Agar ushbu Shartnomaning biron bir haqiqiy emas deb topilsa, shartnomaning to‘liq haqiqiy emasligiga olib kelmaydi va shartnomaning amal qilish muddatiga ta’sir qilmaydi va qolgan qoidalarning bajarilishi davom etadi.

11.3. Imtiyoz. Ushbu shartnoma boʻyicha berilgan har qanday huquq siz tomoningizdan boshqa shaxsga oʻtkazilmasligi yoki boshqa shaxsga berilishi mumkin emas, lekin Ta’minotchining roziligi bundan mustasno. Ushbu qoidaga amal qilmaslik shartnoamani Ta’minotchi tomonidan bekor qilinishga olib kelishi mumkin.

12. SHARTNOMANI BEKOR QILISH, UNING QOIDALARINI AMAL QILINISHI TO‘XTATIB TURISH VA BOSHQA CHORA-TADBIRLAR

12.1. Agar siz yoki Ta’minotchi shartnomani bekor qilmaguningizcha ushbu Shartnoma nomuayyan muddatgacha davom etadi.

12.2. Agar siz Streamer bo‘lsangiz, istalgan vaqtda Ta’minotchini ogohlantirib, shartnomada nazarda tutilgan tartibda shartnomani bekor qilishingiz mumkin. Agar siz Foydalanuvchi bo‘lsangiz, ID platformasidan foydalanishni to‘xtatib, ushbu shartnomani bekor qilishingiz mumkin.

12.3. Ta’minotchi istalgan vaqtda elektron pochta yoki boshqa mavjud vositalar orqali sizni xabardor qilish yo‘li bilan ushbu Shartnomani o‘z xohishiga ko‘ra quyidagi hollarda bekor qilishi mumkin, agar: (a) shartnoma shartlari bo‘yicha o‘z majburiyatlaringizni jiddiy buzgan bo‘lsangiz; (b) amaldagi qonunlar, qoidalar yoki uchinchi shaxslar huquqlarini buzgan bo‘lsangiz; (c) Ta’minotchi ushbu Shartnomani ogohlantirmasdan darhol bekor qilishi mumkin. Bunday harakat Ta’minotchi, Streamerlar yoki Foydalanuvchilar yoki uchinchi shaxslarning shaxsiy xavfsizligi yoki mulkini (masalan, Streamer yoki Foydalanuvchi tomonidan firibgarlik xatti-harakatlari sodir bo‘lgan taqdirda) himoya qilish uchun amalga oshiriladi.

12.4. Bundan tashqari, Ta’minotchi amaldagi qonun yoki qoidalarga rioya qilish yoki sud, huquqni muhofaza qilish organlari yoki boshqa davlat organining talabiga binoan quyidagi harakatlarni amalga oshirishi mumkin: - har qanday kontentni olib tashlash; - ID platformasiga kirish yoki undan foydalanishni cheklash; - huquqbuzarliklar sodir bo‘lgan taqdirda, ID platformasidagi hisobingizni to‘xtatib qo‘yish.

12.5. Ushbu Shartnoma bekor qilingan taqdirda, siz o‘z hisobingizni yoki biron bir kontentingizni qayta tiklashga haqqingiz yo‘q. Agar ID platformasiga kirishingiz yoki undan foydalanishingiz cheklangan boʻlsa yoki hisobingiz toʻxtatilgan boʻlsa yoki ushbu shartnoma Ta’minotchi tomonidan bekor qilingan boʻlsa, siz yangi hisobni roʻyxatdan oʻtkaza olmaysiz yoki boshqa Streamer hisobi orqali ID platformasidan foydalana olmaysiz.

12.6. Ushbu hujjatda ko‘rsatilganidek, Ta’minotchi Streamer to‘lovini yig‘ish bo‘yicha tijorat agenti sifatida tayinlanganiga qaramay, har qanday Streamer yoki uchinchi tomonning harakati yoki harakatsizligi uchun javobgarlikni rad etadi.

12.7. Sizning shartnoma shartlariga rioya qilmaganingiz yoki huquqbuzarliklaringiz natijasida kelib chiqadigan har qanday da’volar, yo‘qotishlar, zararlar, majburiyatlar, shu jumladan yuridik to‘lovlar uchun Ta’minotchi tomonindan zarar miqdori ushlab qolinishiga rozilik bildirasiz.

13. QONUNCHILIK

13.1. Ushbu shartnoma O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tartibga solinadi va talqin qilinadi.

13.2. Ushbu shartnoma orqali Ta’minotchi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etish majburiyatini olayotganligini anglatadi.

13.3. Ushbu shartnoma bilan bog‘liq barcha nizolar shartnoma taraflari tomonidan muzokaralar o‘tkazish yo‘li orqali majburiy sudgacha hal qilinishi kerak va nizolarni sudgacha hal qilish doirasida kelishuvga erishilmagan taqdirda, nizo da’vogarning joylashgan joyidagi yurisdiksiyaga ega bo‘lgan sudda ko‘rib chiqiladi.

14. TA’MINOTCHINING REKVIZITLARI

TA’MINOTCHI: “CODO IT” mas’uliyati cheklangan jamiyati MANZIL: Navoiy viloyati, Navbahor tumani, Yangiqo‘rg‘on QFY Sarbozor MFY, Davriqo‘rg‘on ko‘chasi, 182-uy STIR: 311366908 ELEKTRON POCHTA: idonateuz@gmail.com TELEFON RAQAM: +998 (99) 900-75-30

Google akkaunti va YouTube integratsiyasi

iDonate foydalanuvchiga Google akkaunti orqali autentifikatsiya qilish va YouTube bilan bog‘liq funksiyalarni ulash imkonini berishi mumkin. Foydalanuvchi Google orqali tizimga kirganda yoki YouTube integratsiyasini yoqqanda, quyidagi ruxsatlarni so‘rashga rozilik bildiradi:

  • https://www.googleapis.com/auth/youtube.readonly
  • https://www.googleapis.com/auth/userinfo.email
  • https://www.googleapis.com/auth/userinfo.profile
  • openid

Mazkur ruxsatlar faqat foydalanuvchini aniqlash, akkauntni bog‘lash, YouTube kanalini ko‘rsatish va xizmatning tegishli funksiyalarini ishga tushirish uchun ishlatiladi. Platforma foydalanuvchi nomidan YouTube’da video joylamaydi, o‘zgartirmaydi yoki o‘chirmaydi — integratsiya faqat o‘qish rejimida ishlaydi.

Foydalanuvchi Google ruxsatlarini istalgan vaqtda https://myaccount.google.com/permissions orqali bekor qilishi mumkin. iDonate Google API xizmatlaridan olingan ma’lumotlardan foydalanish va uzatishda Google API Services User Data Policy, shu jumladan Limited Use talablariga rioya qiladi.

Организация: ООО “CODO IT”

Платформа: https://idonate.uz

Вид деятельности: обработка данных и предоставление программного сервиса

Назначение: система донатов для стримеров и малого бизнеса

1. Общие положения

Настоящий документ определяет условия использования платформы iDonate, предоставляемой ООО “CODO IT”.

Используя платформу, пользователь считается принявшим настоящие условия.

2. Термины

  • Поставщик — ООО “CODO IT”
  • Стример — лицо, зарегистрированное на платформе
  • Пользователь — лицо, просматривающее контент
  • Платеж — денежные средства в форме доната
  • Карта — электронное платежное средство

3. Объем услуг

  • Система донатов
  • Поддержка малого бизнеса
  • Статистика и мониторинг
  • Сообщения в реальном времени

Платформа не становится владельцем пользовательского контента и не несет ответственности за действия пользователей в рамках, допускаемых законом.

4. Использование платформы

  • Регистрация может подтверждаться по SMS
  • Запрещается разглашать личные данные третьих лиц без оснований
  • Пользователь обязан защищать свои токены, ссылки и доступы

5. Работа с MULTICARD

Платежи осуществляются через MULTICARD.

  • 6% — комиссия за платеж
  • 3% — сервисный сбор платформы
  • 2% — платежи провайдеров

6. Аккаунт и безопасность

  • Безопасность пароля и аккаунта лежит на пользователе
  • Один пользователь — одна учетная запись

7. Контент

  • Необходимо соблюдать авторские права
  • Запрещен незаконный, порнографический или насильственный контент
  • Запрещено размещение вредоносного программного обеспечения

8. Google-аккаунт и интеграция YouTube

iDonate может предоставлять возможность входа через Google и подключения функций, связанных с YouTube.

При входе через Google или активации YouTube-интеграции пользователь соглашается на запрос следующих разрешений:

  • https://www.googleapis.com/auth/youtube.readonly
  • https://www.googleapis.com/auth/userinfo.email
  • https://www.googleapis.com/auth/userinfo.profile
  • openid

Эти разрешения используются только для идентификации пользователя, привязки аккаунта, отображения подключенного YouTube-канала и работы соответствующих функций сервиса.

Платформа не публикует, не изменяет и не удаляет контент YouTube от имени пользователя. Интеграция работает только в режиме чтения.

Пользователь может в любой момент отозвать разрешения Google. В таком случае функции, связанные с Google или YouTube, могут быть ограничены или недоступны.

Порядок использования данных, полученных через Google, подробно описан в Политике конфиденциальности и считается неотъемлемой частью настоящей оферты.

9. Ответственность

Платформа не несет ответственности за пользовательский контент в объеме, разрешенном законом.

10. Правила поведения

  • Спам запрещен
  • Мошенничество запрещено
  • Запрещено причинять вред другим пользователям

11. Изменения

Поставщик вправе изменить условия в любое время.

12. Расторжение

Пользователь или поставщик могут прекратить использование сервиса в любое время.

13. Применимое право

Настоящая оферта регулируется законодательством Республики Узбекистан.

14. Реквизиты

ООО “CODO IT”

Адрес: Навоийская область, Навбахорский район

ИНН: 311366908

Email: idonateuz@gmail.com

Телефон: +998 95 069 99 11

Organization: “CODO IT” LLC

Platform: https://idonate.uz

Business activity: data processing and software-based service delivery

Purpose: donation platform for streamers and small businesses

1. General provisions

This document defines the terms of use of the iDonate platform provided by “CODO IT” LLC.

By using the platform, the user is deemed to have accepted these terms.

2. Definitions

  • Provider — “CODO IT” LLC
  • Streamer — a person registered on the platform
  • User — a person viewing content
  • Payment — funds transferred as a donation
  • Card — an electronic payment instrument

3. Scope of services

  • Donation system functionality
  • Support for small businesses
  • Statistics and monitoring tools
  • Real-time messages

The platform does not take ownership of user content and is not responsible for user actions except as required by law.

4. Use of the platform

  • Registration may be confirmed by SMS
  • Disclosure of personal data without proper basis is prohibited
  • Users must protect their tokens, links, and access credentials

5. MULTICARD processing

Payments are processed through MULTICARD.

  • 6% — payment commission
  • 3% — platform service fee
  • 2% — provider charges

6. Account and security

  • Password and account security remain the user's responsibility
  • One user should maintain one account

7. Content

  • Copyright and intellectual property rights must be respected
  • Illegal, pornographic, or violent content is prohibited
  • Malicious software may not be uploaded or distributed

8. Google account and YouTube integration

iDonate may allow users to authenticate with Google and connect YouTube-related functionality.

When the user signs in with Google or enables YouTube integration, the user agrees that the service may request the following permissions:

  • https://www.googleapis.com/auth/youtube.readonly
  • https://www.googleapis.com/auth/userinfo.email
  • https://www.googleapis.com/auth/userinfo.profile
  • openid

These permissions are used only to identify the user, connect the account, display the related YouTube channel, and enable relevant product features.

The platform does not upload, modify, or delete YouTube content on the user's behalf. The integration operates in read-only mode only.

Users may revoke Google permissions at any time. Once revoked, some Google or YouTube related features may become limited or unavailable.

The rules governing Google-derived data are further described in the Privacy Policy, which forms an integral part of this Public Offer.

9. Liability

The platform is not responsible for user-generated content except where liability cannot be excluded by law.

10. Code of conduct

  • Spam is prohibited
  • Fraud is prohibited
  • Users must not harm other users or the service

11. Changes

The Provider may amend these terms at any time.

12. Termination

The user or the Provider may terminate use of the service at any time.

13. Governing law

This Public Offer is governed by the laws of the Republic of Uzbekistan.

14. Company details

“CODO IT” LLC

Address: Navoi region, Navbahor district

Tax ID: 311366908

Email: idonateuz@gmail.com

Phone: +998 95 069 99 11

iDonate

Streaming kanallari uchun professional donat tizimi. Tez, xavfsiz va qulay yechim.

Yuridik hujjatlar

Ommaviy oferta Maxfiylik siyosati Cookie siyosati Barchasi

Aloqa

Telegram: @idonate_admin Email: info@idonate.uz
Copyright © 2022–2026 iDonate. Barcha huquqlar himoyalangan.