Tariflar
Ommaviy ofertaga ilova
Ushbu sahifa iDonate platformasi Ommaviy ofertasining (https://idonate.uz/public-offer) ajralmas qismi boʻlib, uning 1.4-bandida koʻrsatilgan Tariflarni belgilaydi. Sahifadagi qiymatlar Platformaning amaldagi sozlamalaridan avtomatik olinadi va doim amaldagi Tariflarni koʻrsatadi. Bu yerda «Ijodkor» — Ofertadagi «Strimer».
1. Donat komissiyasi va bitta donat chegarasi
Komissiya Ijodkor darajasiga bogʻliq va har bir Donat summasidan foiz sifatida hisoblanadi. Komissiya Operator va Toʻlov tashkiloti xizmat haqini oʻz ichiga oladi.
| Daraja | Komissiya | Bitta donatning eng katta summasi | Shu darajadan ochiladigan toʻlov usullari |
|---|---|---|---|
| 1 · Yangi | 9% | 100 000 soʻm | Uzcard / Humo, Paynet, AsiaAlliance |
| 2 · Faol | 9% | 300 000 soʻm | — |
| 3 · Ilg'or | 9% | 500 000 soʻm | — |
| 4 · Mohir | 8% | 1 000 000 soʻm | — |
| 5 · Yetakchi | 8% | 3 000 000 soʻm | — |
| 6 · Ustun | 8% | 5 000 000 soʻm | SBP |
| 7 · Chempion | 7% | 8 000 000 soʻm | Visa / Mastercard, Asterium |
Darajaga koʻtarilish shartlari va Ijodkorning amaldagi darajasi Shaxsiy kabinetda koʻrsatiladi. Alohida kelishuv asosida Ijodkorga pastroq Komissiya belgilanishi mumkin — bunda Ijodkorga tegishli amaldagi foiz Shaxsiy kabinetda va Donat sahifasida koʻrsatiladi.
2. Komissiyani kim toʻlaydi
- Ijodkor Shaxsiy kabinetda Komissiya qanday olinishini tanlaydi: Donator oʻzi toʻlashni tanlay oladi, bu tanlov sukut boʻyicha yoqiq turadi yoki Komissiya har doim Donator tomonidan toʻlanadi.
- Komissiyani Donator toʻlasa, u Donat summasi ustiga qoʻshiladi va Ijodkor Donator kiritgan summani toʻliq oladi. Masalan, 9% Komissiyada 10 000 soʻmlik Donat uchun Donator 10 990 soʻm toʻlaydi.
- Komissiyani Ijodkor toʻlasa, u Donat summasidan ushlanadi. Masalan, 9% Komissiyada 10 000 soʻmlik Donatdan Ijodkor 9 100 soʻm oladi.
- Komissiya miqdori va toʻlanadigan yakuniy summa Donat sahifasida toʻlovdan oldin koʻrsatiladi.
- Memlar uchun Komissiya Donatordan olinmaydi: mem narxi Ijodkor belgilagan qatʼiy summa boʻlib, Komissiya undan ushlanadi.
3. Toʻlov usullari boʻyicha chegaralar
- Bitta toʻlovning eng katta summasi (Komissiya bilan birga): 8 700 000 soʻm.
- Visa / Mastercard orqali bitta Donat: 1 000 000 soʻmdan oshmaydi (daraja chegarasi kichik boʻlsa — oʻsha).
- SBP orqali bitta Donat: 500 000 soʻmdan oshmaydi (daraja chegarasi kichik boʻlsa — oʻsha).
- Eng kichik Donat summasini Ijodkor oʻzi belgilaydi; u Donat sahifasida koʻrsatiladi.
4. Pullik funksiyalar
«iDonate Pro» obunasi hozirda bepul. Pullik funksiyalarning narxi belgilansa, u ushbu sahifada va obuna sahifasida eʼlon qilinadi hamda Ofertaning 22-boʻlimida belgilangan tartibda, kamida 30 kalendar kun oldin Ijodkorlarga xabar beriladi.
5. Boshqa shartlar
- Roʻyxatdan oʻtish, Donat sahifasi, vidjetlar va Shaxsiy kabinetdan foydalanish bepul.
- Pul yechish uchun alohida haq olinmaydi: Ijodkor ulushini Toʻlov tashkiloti Taqsimlangan toʻlov orqali bevosita Ijodkor hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
- Operator Komissiyadan tashqari boshqa haq olmaydi. Donatorning banki yoki toʻlov ilovasi oʻz qoidalariga koʻra alohida haq olishi mumkin — u Operatorga bogʻliq emas.
- Tariflarga oʻzgartirish Ofertaning 22-boʻlimida belgilangan tartibda kiritiladi.